Karantin: kimga aza, kimga maz-za?!

Tibbiyot xodimlarining shu kunlarda ko‘rsatayotgan matonati hurmati sohaga faoliyatiga oid ayrim kamchiliklardan ko‘z yumging keladi hatto. Biroq ayrim rahbarlarning manfaatparastligiga hargiz ters qarash kerak emas. Mana, bittasi: Toshkent viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi Bo‘ka tumani filiali mudiri vazifasini bajaruvchisi N.R. qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmatiga ko‘ra, u fuqaro Q.Q.ga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarima miqdorini kamaytirish hamda «Damas» rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 400 ming so‘m pora talab qilib, pulni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Ayni paytda N.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter