Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jom qishlog‘iga sel keltirgan zarar miqdori ma’lum bo‘ldi

Jom qishlog‘iga sel keltirgan zarar miqdori ma’lum bo‘ldi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, seldan zarar ko‘rgan bino va inshootlarni qurilish va ta’mirlash ishlariga 7 mlrd. so‘m mablag‘ talab etilishi aniqlandi. Bu haqda «Zarnews.uz» yozmoqda.

Bugungi kunda talofat ko‘rgan xonadon va boshqa infratuzilma ob’yektlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal yo‘lga qo‘yildi. Talab etiladigan mablag‘lar mahalliy budjet va boshqa manbalar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu qishloqlarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish, ijtimoiy va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlarini joriy yilning 1 avgustiga qadar foydalanishga topshirilishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15-maydan 16-mayga o‘tar kechasi kuchli sel kelishi oqibatida 71 ta, shundan 49 ta Girdiqo‘rg‘on, 10 ta Jom, 7 ta Tegirmonboshi va 5 ta Omondara mahallalaridagi aholi xonadonlari va tomorqalariga zarar yetgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring