Jizzaxda suiqasd. Bosh prokuratura bayonot berdi
Shu yilning 20-oktyabr kuni kechasi Jizzax viloyatida ov qurolidan foydalanilgan holda inson hayotiga suiqasd qilindi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, viloyatning Sharof Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida fuqaro Zafar I. (1979-y.t.) fuqaro Yorqin B. (1999-y.t.) va uning qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashgani ortidan MS-2112 rusumli ov qurolini olib, ularga qarata 6 marotaba o‘q uzgan.
Buning natijasida kimga qay darajada jarohat yetgani haqida bayonotda ma’lum qilinmagan.
Ma’lum qilingani shuki, mazkur holat yuzasidan 21.10.2019-yilda Sh.Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Zafar I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter