Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Joriy yil 31-yanvar kuni Jizzax shahar Sayilgoh ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida 4 kishining jonsiz tanasi topilgan.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, vafot etganlarning ikki nafari talaba bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotida aytilishicha, marhumlarning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yuz bergan xonadonga o‘rnatilgan isitish tizimi tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter