Mashina salonida qisilib qolgan inson hayoti saqlab qolindi
Bugun, 29 dekabr kuni soat 10:29da «Farg‘ona-Andijon» avtomobil yo‘nalishida harakatlangan «SHAKMAN» va «SHAKMAN» yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Hodisa natijasida haydovchi yuk mashina saloni ichida qisilib qolgan.
Voqea joyiga zudlik bilan FVVning hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari, YPX, tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan.
Qutqaruvchilar maxsus gidravlik asbob-anjomlar yordamida qisilib qolgan haydovchini sog‘-omon yuk mashina ichidan chiqarib olishgan va birinchchi tibbiy hamda psixologik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishgan.
Xodimlarning tezkorlik bilan amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida inson hayoti saqlab qolingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter