Ikki hududda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aylanmasi fosh qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar S.Sh. va I.M. fuqaro G.K.ga 1 000 dona «Zardeks» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 18 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Furqat tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «K.H.» MChJ dorixonasi sotuvchisi M.M. fuqaro D.M.ga 61 dona «Zardeks» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter