Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ichkari»dagi hokimning shaxsiy kabineti bloklandi

«Ichkari»dagi hokimning shaxsiy kabineti bloklandi

6 va 7-iyun kunlari ayni o‘sha vaqtda qamoqqa olingan Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovning imzosi orqali «E-qaror» elektron platformasida 24 ta hujjat joylangani haqida yozgandik. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 6 va 7 iyun kunlari qabul qilingan qaror va farmoyishlarning qonuniyligi joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

O‘rganish davomida 2022-yil 6-iyun kuni soat 9:43 va 21:18 oralig‘ida hamda 7 iyun kuni 18:10 va 21:07 oralig‘ida hokimlik devonxonasi mudiri S. Qodirjonov tomonidan B.Haydarovga tegishli elektron raqamli imzodan foydalanilgan holda «E-qaror» platformasida 26 ta qaror va farmoyishlar imzolangan.

«UZINFOCOM» MChJ mutaxassislari tomonidan Andijon shahar hokimi B.Haydarovning «E-qaror» elektron tizimidagi shaxsiy kabineti Adliya vazirligining ko‘rsatmasiga asosan bloklandi.

Ushbu jarayonda hujjatlarni soxtalashtirish ehtimoli borligini inobatga olib, tegishli materiallar prokuratura organlariga yuboriladi. Har bir qabul qilingan qarorning qonuniyligi o‘rganib bo‘lmaguncha, ularni ijroga qaratish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan tegishli ijrochi organlarga xabarlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-iyun kuni Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangani xabari berilgandi.

So‘ngra unga nisbatan sud  ajrimi bilan  «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring