Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv jo‘mraklaridan vabo tarqalishi mumkinligi bo‘yicha xabarlarga oydinlik kiritildi

Suv jo‘mraklaridan vabo tarqalishi mumkinligi bo‘yicha xabarlarga oydinlik kiritildi

Foto: Xabar.uz

Shu kunlarda aholi orasida ichimlik suvi quvurlari va jo‘mraklar orqali vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalmoqda.

«O‘zsuvta’minot AJ matbuot kotibi Akmal Murodovga ko‘ra, mazkur xabarlar mutlaqo asossiz. 

«Fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini va jo‘mraklardan suv ichmaslik to‘g‘risidagi chaqiriqlarga quloq solmasliklarini so‘rab qolamiz»,—deyiladi munosabatda.

Ichimlik suvi sifati respublikamizdagi 79 ta laboratoriya tomonidan kunu tun har tomonlama nazorat qilinib, suv tarmoqlari yoki jo‘mraklar orqali biron-bir kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ular tomonidan har oyda turli tahlillar uchun o‘rtacha 17 200 ta namuna olinadi.

Ichimlik suvini aholiga yetkazib berishdan oldin suv suyuq xlor, natriy gipoxlorit, kalsiy gipoxlorit kabi xlorli reagentlar bilan zararsizlantiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring