Hushsiz holda oqib ketayotgan qizchaning hayoti saqlab qolingan
Ijtimoiy tarmoqlarda ariqda hushsiz oqib ketayotgan bolani bir erkak qutqarib qolgani aks etgan video tarqalgandi. Hodisa yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, hodisa 20 iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida sodir bo‘lgan. Qiz yashaydigan xonadon hovlisidan katta ariq oqib o‘tgan. Qizcha ariq bo‘yida o‘ynab, suvga tushib ketgan va hushsiz holda taxminan 200 metr masofaga oqib borganida yo‘ldan o‘tib ketayotgan 18 yoshli yigit uni qutqarib qolgan.
«Ariqqa qarab ketayotgandim, qizni ko‘rib, zudlik bilan suvga tushib, uni olib chiqdim. Orqasini o‘girib, belini ishqaladim va ichidagi suvini chiqarib tashladim. Shundan so‘ng, qizni shifoxonaga olib bordik», — deydi qizaloqni qutqarib qolgan yigit.
Qizning otasinining aytishicha, u uyida ish qilayotgani sabab qizi suvga tushib ketganini bilmay qolgan.
«Qarasam, qizim yo‘q. Ariq bo‘yiga yugurib borib, ko‘rsam «beton» xo‘l ekan. Shundan ariqqa tushib ketganini tushundim. Yetib kelgunimcha, qo‘shni bola qutqarib qolibdi. Rahmat shu mahalladagilarga. Shifoxonaga olib borib, ikki soatlik shifokor ko‘rigidan so‘ng, qizim o‘ynab-kulib chiqib keldi», — deydi qizning otasi.
Qizni qutqarib qolgan Yusufbek Tojiboyev tuman FVB xodimlari tomonidan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter