«Hududgaz Andijon»ning mansabdorlari 839 mln so‘m talon-toroj qilgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu filialning Andijon shahar bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalar 839 mln so‘mlik gaz hisoblash uskunalarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan «Sharof Rashidov tumangaz» gaz ta’minot bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu bo‘lim mansabdor shaxslari jami 93 mln so‘mlik gaz hisoblash uskunalarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter