Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hokimlikda ishlovchi mansabdor»ning ikki kirdikori ma’lum bo‘ldi

«Hokimlikda ishlovchi mansabdor»ning ikki kirdikori ma’lum bo‘ldi

8-may kuni Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani IIB TBning xabariga ko‘ra, A.To‘ra Prezident «Ishonch telefon»iga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha,  uni 2019-yil mart oyida Sh.Soat o‘zini Qiziriq tumani hokimiyatida ishlashini, do‘koni uchun yer ajratib berishini va’da qilib, to‘rt million so‘m pullarini olib, o‘zlashtirib ketadi.

Bundan tashqari, tumanning «Yetimqum» mahallasida yashovchi, N.Ulug‘bek ham tuman IIBga ariza yozib unda, 2019-yil mart oyida, Sh.Soat o‘zini tuman hokimiyatida ishlashini, do‘kon uchun yer ajratib berishini va’da qiladi va 200 (ikki yuz) AQSh dollarini olib o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. 

Natijada 7-may kuni Sh.Soatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring