Hokimlik yerini 6 ming dollarga pullayotganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Aniqlanishicha, fuqaro S.X. va N.X.lar noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro P.ning ishonchiga kirib, unga turar joy qurishi uchun hokimlik zahirasida bo‘lgan 6 sotix yer uchastkasini firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, evaziga oldindan kelishilgan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan S.X. va N.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter