Gaz qayoqqa ketmoqda? Urganchda yirik o‘g‘rilik aniqlandi
Xorazmda yirik o‘g‘rilik fosh qilindi. Jumladan, Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan «O‘zenergoinspeksiya» boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda Urganch tumanida faoliyat yurituvchi «M.» fermer xo‘jaligi rahbari A.E. fermer xo‘jaligi binosida 11 ta isitish qozonlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 3,3 mlrd. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avval G‘ijduvon va Shahrisabzda yashirin sexlar aniqlangani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter