Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Garovga qo‘yilmagan BYD HAN egasiga qimmatga tushdi

Garovga qo‘yilmagan BYD HAN egasiga qimmatga tushdi

Qarshi shahrida avtokredit mablag‘ini o‘zlashtirish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqarolar Sh.Q. va boshqalar fuqaro Sh.Q.ga hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan BYD HAN rusumli avtomashinani kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘ymasdan, bank manfaatlariga 620 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring