FVV ogohlantiradi: Qamchiq dovonida keskin vaziyat davom etadi
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotiga asosan, joriy yilning 16-17-yanvar kunlari Qamchiq dovonida keskin ob-havo saqlanib qoladi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, dovonda qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib, ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘lning muzlashi kutilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovoni orqali vaqtincha avtotransportda harakatlanmaslikni tavsiya etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter