Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi ayanchli YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onadagi ayanchli YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Damas va BYD Song EV to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan bola vafot etdi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining qayd etishicha, 30 yanvar kuni o‘tkazilayotgan reyd tadbiri davomida, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. amakisi Yo.G‘.ga tegishli BYD Song EV rusumli avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, YPX inspektori, safdor R.Q. tomonidan jarima maydonchasiga olib ketilayotganda, 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.N. ustozi A.S.ga tegishli Damas avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, «Qapchug‘ay» mahallasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib yuborishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

Oqibatda «Damas»ni boshqargan bola X.N. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring