Farg‘onada haydovchilik guvohnomasi yasovchilar qo‘lga olindi
Oltiariq tumanida qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro O‘.T.ning ishonchiga kirib, unga hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, evaziga 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uning nomiga “B.” toifadagi qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab berganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter