Yetti yildan beri qidirilayotgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan «Qidiruv» maxsus tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 155-moddasi 1-qismi, 156-moddasi 3-qismi, 159-moddasi 3-qismi, 244/1-moddasi 3-qismi, 244/2-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2015-yildan beri Romitan tumani IIB tomonidan qidirilayotgan, 1977-yilda tug‘ilgan E.H. ismli shaxsning Turkiya hududida yashirinib yurgan manzili aniqlangan.
Natijada Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida ushlandi hamda O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi ta’minlanib tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter