Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yekaterinburgdagi qurilishda ikki migrant 32-qavatdan pastga qulab halok bo‘ldi

Yekaterinburgdagi qurilishda ikki migrant 32-qavatdan pastga qulab halok bo‘ldi

Foto: Sverdlovsk oblast prokuraturasi matbuot xizmati

Bugun, 26 may kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi Moskovskaya ko‘chasi-190 manzilida joylashgan qurilish maydonlaridan birida yuz bergan baxtsiz hodisada ikki ishchi halok bo‘ldi.

Halok bo‘lganlar — 1989 va 1995-yillarda tug‘ilgan erkaklar, ikkisi ham Markaziy Osiyo respublikalaridan birining fuqarolari ekani aytilgan (ularning shaxsi va qaysi davlat fuqarosi ekani ochiqlanmagan).

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki ishchi binoning 32-qavat balandligida «fasad podyomnigi» (qurilish liftida) bo‘lgan. Devorga mahkamlangan trosslardan biri joyidan chiqib ketib, ishchilar pastga tushib ketgan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilib, Sverdlovsk oblast prokuraturasi tergov boshlagan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring