Ehtiyot bo‘ling: soxta dollarlar tarqalmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Namangan shahrida yashovchi A.S. o‘ziga notanish shaxsdan 2 600 AQSh dollariga sotib olgan jami 52 dona qalbaki 100 AQSh dollarlik banknotalarini qayta sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu qalbaki AQSh dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter