Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Sirdaryoda hokim o‘rinbosarini qo‘lga oldi

DXX Sirdaryoda hokim o‘rinbosarini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oqoltin tumani hokimining o‘rinbosarlaridan biri o‘z xizmat xonasida mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisidan 400 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu MChJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga to‘sqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, agarda 500 AQSh dollari bersa, kelgusida MChJga rahnamolik qilishini bildirgan va ushbu maqsadda muqaddam 1 mln. so‘m olgan.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring