Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX muqaddam qotillikka qo‘l urgan shaxsni «Kalashnikov» avtomati bilan ushladi

DXX muqaddam qotillikka qo‘l urgan shaxsni «Kalashnikov» avtomati bilan ushladi

Foto: DXX

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 182- (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) moddalari bilan sudlangan «A.O.» Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod oblasti Ola-buqa rayoniga borib, jinoiy aloqasidan 1 dona AKS-74 jangovor o‘qotar quroli, 3 dona o‘qdon va 43 dona o‘q-dorilarni oladi hamda kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimiz hududiga o‘tkazadi.

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «A.O.» ushbu qurol va o‘q-dorilarni Namangan shahrida sotmoqchi bo‘lganida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring