Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dog‘istonda mahalliy fuqaro odamlarni o‘qqa tutdi. Qurbonlar bor

Dog‘istonda mahalliy fuqaro odamlarni o‘qqa tutdi. Qurbonlar bor

Foto: «RIA Novosti»

Bugun Dog‘istonning Kizlyar shahrida Maslenitsa bayramini nishonlash vaqtida 23 yoshli mahalliy fuqaro odamlarni o‘qqa tutdi, deb xabar qildi «RIA Novosti».

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 4 kishi vafot etgan, 5 kishi yaralangan. Halok bo‘lganlarning barchasi – ayollar. Ov qurolida odamlarga hujum qilgan shaxs o‘sha vaqtning o‘zida yo‘q qilingan.

Xabarda aytilishicha, qurbonlarning barchasi cherkovda Maslenitsa bayrami munosabati bilan ibodatdan qaytayotgan fuqarolar bo‘lgan. Ular orasida harbiylar bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring