Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat! «Qamchiq» dovonida transportlar harakati cheklanadi

Diqqat! «Qamchiq» dovonida transportlar harakati cheklanadi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati

Ta’mirlash ishlari sabab «Qamchiq» dovonining 251-kilometrida transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 2022 yil 20 noyabr kuni soat 09:30 dan boshlab «Qamchiq» dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 251-kilometrida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur hududda transportlar uchun harakat qayta tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring