Diqqat, 16 yoshli qiz qidirilmoqda!

Shu yilning 11-aprel kuni Rustam R. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 10-aprel kuni taxminan soat 08.10larda uning qizi, 16 yoshli Milana Rapikova uyidan (Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-2 massivi, 12-uy) itni sayr qildirish uchun chiqib ketib, qaytib kelmaganini ma’lum qilgan.
Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, sochi och jigarrang.
Kiyingan: qora sport kostyumi, oq rangli baletka.
Itning zoti mops. Laqabi – «Nayda», binafsharang bo‘yinbog‘i bo‘lgan.
«Hurmatli fuqarolar! Milananing qayerdaligi haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi telefon raqamlari orqali xabar bering: 97-735-27-76, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter