Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatni kaltaklaganlar jazosiz qoladimi?

Deputatni kaltaklaganlar jazosiz qoladimi?

Foto: XDP

Joriy yilning 14-aprel kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Kengashiga Xalq demokratik partiyasidan deputat O‘ktam Jabborov bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangan.

Holat yuzasidan Boysun tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani, tergov harakatlari cho‘zib yuborilgani jabrlanuvchi, uning yaqinlarining noroziligiga, partiyadoshlarining xavotiriga sabab bo‘lmoqda, deyiladi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi xabarida.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligidan mazkur jinoyat ishi tergovini nazoratga olishni, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini yana bir marta so‘ragan.

«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinishi, deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘lishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring