Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqon bozoridagi hududni sotmoqchi bo‘lgan «uddaburon» qo‘lga olindi

Dehqon bozoridagi hududni sotmoqchi bo‘lgan «uddaburon» qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro Sh.A. (muqaddam sudlangan) tadbirkor N.O.ga tuman dehqon bozori hududida joylashgan «Ch.T.» MChJga qarashli, elektr transformator punkti o‘rnatilgan 49 kv. metr yer maydonini go‘yoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlovchi tanishlari yordamida 21 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 6 000 AQSh dollari va 24 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring