Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda qorovul orqali pora olishga uringan mas’ul xodim ushlandi

Buxoroda qorovul orqali pora olishga uringan mas’ul xodim ushlandi

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyati Kogon tumanidagi maktab-internatga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga porani qorovul orqali olgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 15-oktyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlariga o‘zining ishga kirishi uchun pora berishga dalolat qilinayotgani haqida ariza kelib tushgan. Arizaga ko‘ra, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB tomonidan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Kogon tumanida yangi tashkil etilgan ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktab-internatning mas’ul xodimlaridan biri fuqaro Rahim Saidovni (ismi o‘zgartirilgan) vakolatli tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishga ishontirgan. «Xizmati» evaziga undan 200 dollar berishini talab qilgan. Mas’ul xodim fuqaroga bu pullarni maktab-internati qorovuliga qoldirishini bildirgan. U kimyoviy ishlov berilgan 200 dollarni qorovul orqali olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan H.M. ga nisbatan JKning 168-moddasi, 1-qismi va 211-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring