Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ham haydovchi YPX xodimini urib yubordi

Buxoroda ham haydovchi YPX xodimini urib yubordi

Foto: «Asr.uz»

3-fevral kuni soat 11:20 larda Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi F.B. «Spark» rusumli avtomashinasini Yangibozor MFY Ibn Sino ko‘chasida haydab ketayotib, shu ko‘chada xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX inspektori, safdor T.Asadovni urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, natijada safdor T.Asadov jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xiva shahridagi A.Temur ko‘chasida Xorazm viloyat IIB YHXB YPX inspektori safdor S.Sapayevning to‘xtash ishorasiga qaramay, uni urib yuborgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring