Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda gaz shoxobchalari mansabdorlarining «misi» chiqdi

Buxoroda gaz shoxobchalari mansabdorlarining «misi» chiqdi

Foto: Xabar.uz

«Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati o‘rganilgan.

Huquq-tartibot organi vakilining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, o‘rganuv davomida bir nechta gaz quyish shohobchalari mansabdorlari tomonidan mansabdor shaxslarining harakatlarida juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni o‘g‘irlashda holatlari sodir etilgani aniqlangan.

Bildirilishicha, Buxoro shahridagi «Sadbarg» xususiy korxonasiga qarashli «Sadbarg-1» va «Sadbarg-3» avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida, «Sadbarg» xususiy korxonasiga qarashli «Sadbarg-3» AGTKShda  «Avtopilot PRO» elektron gaz hisoblagichga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘ani bog‘lovchi simlar uzilgani hamda o‘lchov tarmog‘ida o‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalarning maksimal gaz o‘lchash chegarasi shoxobchada o‘rnatilgan kompressor qurilmasidan kam ekani aniqlangan. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Xuddi shunday, korxonaga qarashli «Sadbarg-1» AGTKSh sanoat tarmog‘ida o‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalarning maksimal gaz o‘lchash chegarasi shohobchada o‘rnatilgan kompressor qurilmasidan past ekanligi fosh etilgan.

Holatni to‘la oydinlashtirish uchun hujjatlar Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Navoiy viloyati bo‘limiga taqdim qilingan. Ushbu markaz xulosasiga ko‘ra, «Sadbarg» xususiy korxonasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi 22-sonli qarori, 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari»ning 125-bandi «v» va «D» kichik xatboshisida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir qilingani aniqlangan.  Unga ko‘ra, «Hududgaz Buxoro»gaz ta’minoti filiali manfaatlariga («Sadbarg-1» bo‘yicha 276 million so‘m va «Sadbarg-3» bo‘yicha 332,8 million so‘m) jami 608,8 million so‘m zarar yetkazilgan.

«To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, «Sadbarg» xususiy korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni o‘g‘irlashda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjud. Mazkur holat yuzasidan «Sadbarg» xususiy korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda»,-deydi huquq-tartibot organi vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring