Ehtiyot bo‘ling: bozor atrofida dollar «maydalayotganlar»
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan.
Yashnobod tumanida «Aviasozlar» bozori atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Sh.A. fuqaro D.ga 6 400 AQSh dollarini 70,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Mironshox ko‘chasida xorijiy valyuta mablag‘larini ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.Yu. fuqaro G‘.ga 3 300 AQSh dollarini 36,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 3 940 AQSh dollari, 37,5 mln so‘m va 3 000 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, markaziy dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar Q.Sh. va Q.N. fuqaro G.ga jami 200 ming Rossiya rublini 36,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, surishtiruv shaklidagi tergov harakatlarini olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter