Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura mahkama binosi oldidagi «isyon» yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura mahkama binosi oldidagi «isyon» yuzasidan bayonot berdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi shu yilning 6-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda mahkama binosi oldida go‘yoki bir guruh ayollar  «isyon qilganiga» oid xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqa orqali 19 nafar fuqarolarning qabuli o‘tkazilgan.  Shuning ertasi, ya’ni 6 mart kuni G.Karimbekova, X.Ergasheva, G.Xujaxanova, D.Dultayeva va boshqa bir guruh ayollar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosiga kirib, janjal uyushtirib, Bosh prokuror qabul qilishini so‘ragan. Shu kuni Bosh prokuror xizmat safarida  ekani bois ushbu fuqarolar Bosh prokurorning  birinchi o‘rinbosari A.Xolmahmatov tomonidan qabul qilingan. Vaholanki, ayni fuqarolar (G.Karimbekova, D.Dultayeva va boshqalar) ikki kun avval, ya’ni 4-mart kuni ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolarni qabulxonasida janjal uyushtirganligi  ortidan  Bosh prokurorning  birinchi o‘rinbosari tomonidan shaxsan qabul qilingan edi.

Ushbu fuqarolar bir necha marotoba Bosh prokuror va Bosh prokuror o‘rinbosarlari qabulida bo‘lib, murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va yozma javob xatlari berilgan.  Shunga qaramay doimiy ravishda Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi va boshqa idoralarda tartibsizliklar uyushtirib, noqonuniy talablari bilan e’tiborni o‘zlariga jalb qilib kelishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring