Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir haftalik chaqalog‘ini 18 ming dollarga sotayotgan ayol qo‘lga tushdi

Bir haftalik chaqalog‘ini 18 ming dollarga sotayotgan ayol qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro R.T.  shu yilning 7-avgust kuni tug‘ilgan qiz farzandini boshqa bir fuqaroga 18 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring