Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayolini xususiy bog‘chada kaltaklagan erkak uning umriga zomin bo‘ldi

Ayolini xususiy bog‘chada kaltaklagan erkak uning umriga zomin bo‘ldi

Foto: Bosh prokuratura.

Ijtimoiy tarmoqlarda Quyichirchiq tumanida er rashk sabab xotinini xususiy uy bog‘chasidagi bolalar ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib, urganligi haqida videolavha tarqalgandi. 

Aniqlanishicha, 2022-yil 24-avgust kuni Quyichirchiq tumani «Paxtakor» mahallasida yashovchi 31 yoshli erkak S.X. oilaviy kelishmovchiliklar va rashk tufayli 24 yoshli turmush o‘rtog‘i M.X. bilan janjallashib, bolalarni ko‘z oldida turmush o‘rtog‘ini urib, haqorat qilgan.

Bu holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan.

So‘ngra, 2022-yil 25-avgust kuni S.X. qaynotasini uyiga eshikdan oshib tushib, oilaviy muammolar tufayli otasini uyida yashab kelgan turmush o‘rtog‘i M.X.ni yotoqxonasiga kirib, bo‘yin sohasiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Olgan tan jarohati oqibatida, ayol vafot etgan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring