Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayni damda Yer aholisi 150 yilda bir marta bo‘ladigan hodisani kuzatyapti (foto)

Ayni damda Yer aholisi 150 yilda bir marta bo‘ladigan hodisani kuzatyapti (foto)

Toshkent, O‘zbekiston.

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 31-yanvar kuni Oy tutilishi kuzatilmoqda. Gap «Super Oy» va uning to‘liq tutilishi haqida ketmoqda. Bu ikki hodisaning bir paytga to‘g‘ri kelishi oxirgi marta 1866-yilning 31-mart sanasida — salkam 152 yil oldin kuzatilgandi.

Bunday noyob hodisa O‘zbekiston osmonida ham kuzatilyapti. Toshkent osmonida Oyning yarim tutilish hodisasi ro‘y bermoqda.

Bugun Yer, Oy va Quyosh bir chiziqda saflandi. Hodisa bir necha soatdan beri davom etmoqda. To‘lin Oy «Super Oy»ga aylanib, Yer soyasiga tushib qoldi va tabiiy yo‘ldoshning tutilishi sodir bo‘ldi. Oyning ko‘rinuvchi diametri 8 foizga kattalashdi, uning gardishi esa qizil-qo‘ng‘ir tusga kirdi. Bu paytda Yer va Oy o‘rtasidagi masofa 358 994 kilometrni tashkil etadi.

Oy tutilishini Rossiya, Sharqiy Yevropa, Sharqiy Afrika, Osiyo, Avstraliya, Shimoliy Amerika va Tinch okeanida kuzatilmoqda.

Jakarta, Indoneziya.
Honkong, Xitoy.
AQSh, Nyu-York.

Shu o‘rinda eslatma, o‘z elliptik orbitasi bo‘ylab harakatlanayotgan Oy perigeyga yetgan paytda, ya’ni Yerga eng yaqin masofada joylashganida to‘lishsa «Super Oy» deyiladi. Bu paytda u odatdagidan 30 foiz yorqinroq, 14 foiz kattaroq ko‘rinadi va to‘q sariq rangda namoyon bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring