Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aydar-Arnasoy ko‘llarida ovlash taqiqlangan baliqlar tutildi

Aydar-Arnasoy ko‘llarida ovlash taqiqlangan baliqlar tutildi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, fuqaro F.B. o‘zining boshqaruvidagi avtotransport vositasida ovlash taqiqlangan mayda hajmli 3 611 bosh «Qizilqanot» va 15 bosh «Oqsla» baliqlarini olib ketayotganda ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda, F.B. taqiqlangan baliqlarni ovlab hayvonot dunyosiga 101,5 mln so‘m zarar yetkazganligi, tabiiy ko‘l hududidan unga tegishli bo‘lgan baliq ovlashda taqiqlangan 4 dona mayda hajmli «Leska» to‘rlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring