Arzon narxda dollar olmoqchi bo‘lgan fuqaro 460 million so‘midan ayrildi
Poytaxt ichki ishlar organlariga 41 yoshli Abdulla U. murojaat qilib, o‘z arizasida 34 yoshli Istora N.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bergan.
Istora Abdullaga 460 000 000 so‘m pullarni bankdan arzon narxda – 7 000 so‘mdan hisoblab, 65.700 AQSh dollarini olib berishini va’da qilgan va u Istoraga ishonib, 2019-yil yanvar-mart oylarida, umumiy hisobda 460 000 000 so‘m pulni berib yuborgan.
Ammo Istora va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt bo‘yicha Istoraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deyiladi xabar yakunida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter