Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston orqali muhojirlarni noqonuniy ravishda Eronga jo‘natgan o‘zbeklar hibsga olindi

Armaniston orqali muhojirlarni noqonuniy ravishda Eronga jo‘natgan o‘zbeklar hibsga olindi

Foto: «Sputnik»

Armaniston milliy xavfsizlik xizmati Eronga transmilliy jinoiy guruh tomonidan uyushtirilgan noqonuniy migratsiya kanalini aniqladi, deya xabar berdi «Sputnik».

Armaniston xavfsizlik xizmati Armaniston orqali Eronga, so‘ngra esa Turkiyaga muhojirlarni jo‘natib turgan jinoiy guruhning to‘rt nafar a’zosini hibsga oldi, guruhning yana uch nafar ishtirokchisi qidiruvga berilgan.

2017-yilda Armanistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog‘liq 45 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi sifatida 47 kishining ustidan ish ochilgan — 22 nafari Armaniston fuqarosi,  25 nafari xorijlik, yetitasi esa qidiruvda.

«Milliy xavfsizlik xizmati organlari noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan shug‘ullangan transmilliy jinoiy guruhni aniqladilar. Guruh noqonuniy ravishda Armaniston hududi orqali xorijiy fuqarolarni Eronga, so‘ngra Turkiyaga o‘tkazgan», deyiladi xabarda.

Ma’lumotga ko‘ra, jinoiy ishda yetti kishi ayblanmoqda, ulardan to‘rt nafari hibsga olingan va uchtasi qidiruvga berilgan. Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zolari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Yaman fuqarolarini Armaniston chegarasidan noqonuniy olib o‘tishga urinishi paytida qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring