Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh: ombordagi qirg‘inda sakkiz kishi halok bo‘ldi

AQSh: ombordagi qirg‘inda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Foto: «Newsae.ru»

Amerikaning Indianapolisdagi FedEx logistika kompaniyasining omborida yuz bergan otishma natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, ko‘plari yaralandi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Twitterda mahalliy jurnalist Maykl MakEldouni ma’lum qildi.

Qirg‘in sodir bo‘lgan joyga kelgan politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mergan o‘z joniga qasd qilgan. Hozircha qurbonlar va jarohat olganlarning aniq ro‘yxati mavjud emas, biroq ma’lum bo‘lishicha, to‘rtta yarador favqulodda xizmatlar tomonidan shifoxonaga yotqizilgan, biri og‘ir ahvolda. Ularning ikkitasiga joyida yordam ko‘rsatildi.

FedEx binosi yaqinidagi mehmonxonada kompaniya xodimlarining qarindoshlari yig‘ilgan. Ularning aksariyati xabar kutishmoqda, qarindoshlari jabr ko‘rganligini bilishmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring