Angren IESdagi portlash qurbonlari oilasiga 105 milliondan berildi — Energetika vazirligi
20-yanvar kuni Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida rasmiy xabar berilgandi.
Buning oqibatida «Vostokenergoteploizolyasiya» AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etgan.
«Ularning oila a’zolariga dafn marosimini o‘tkazish uchun 20-21-yanvar kunlari 4 million 866 ming so‘mdan birinchi moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, bugun, 22-yanvar kuni Yangi-Angren IES tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga qo‘shimcha ravishda 105 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi», deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter