Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda

Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda

Foto: Xabar.uz

Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli S.Sh. bugun, 23-yanvar kuni uyida o‘zini osib, vafot etgani ma’lum qilindi.

«Kun.uz» xabar qilishicha, IESdagi portlash aynan u rahbarlik qiladigan sexda sodir bo‘lgan.

IES portlash ishi bo‘yicha Angren prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ta’kidlanishicha, o‘limidan bir kun oldin S.Sh. jinoiy ish doirasida so‘roqqa chaqirilgan.

Hozircha marhum S.Sh.ning o‘zini osishiga nima yoki qanday voqelik sabab bo‘lgani ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasining 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgandi. Portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgandi.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring