Angren bozorida ikkinchi o‘g‘rilik fosh etildi
11 fevral kuni Angren shahar IIBga dehqon bozor hududi makkajo‘xori sotish rastasidan bir dona taxminiy narxi bir million so‘mga teng qo‘l telefoni hamda 200 ming so‘m miqdorda pullarni olib ketilgani haqida xabar kelib tushadi va tegishli tartibga ijroga qaratiladi.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu o‘g‘rilik jinoyati bozor hududida xizmat qilayotgan 2-mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari tomonidan fosh etildi. Ular gumonlanuvchi sifatida 2000 yilda tug‘ilgan L.V.ni qo‘lga oldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Avvalroq, PPX xodimlari Angren shahar bozorida o‘g‘rilik qilgan yana bir shaxsni aniqlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter