Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ayanchli YTH: ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi kasalxonaga tushdi

Andijonda ayanchli YTH: ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi kasalxonaga tushdi

Foto: Tergov departamenti

2020-yil 18-oktyabr kuni soat 15:00 da Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Afsona MFY hududidan o‘tgan Baliqchi-O‘rmonbek avtomobil yo‘lida aynchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 40 yoshli F.X. «Nexia» rusumli avtomashinasida O‘rmonbek yo‘nalishida harakatlanib borayotganida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan 53 yoshli A.O‘. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada haydovchi F.X. va yo‘lovchi 53-yoshli J.M. hodisa joyida vafot etgan. Har ikkila avtomashinadagi yana 3 nafar yo‘lovchi va boshqa bir haydovchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga murojaat qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring