Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondan 24 nafar shaxs O‘zbekistonga olib o‘tildi

Afg‘onistondan 24 nafar shaxs O‘zbekistonga olib o‘tildi

Foto: Surxondaryo viloyati IIB

Yaqinda Afg‘oniston va Pokiston Islom Respublikasi hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga borib qo‘shilib, keyinchalik Afg‘oniston Islom Respublikasining hududiga o‘tgan, shuningdek, ushbu hududda yashagan shaxslarning bir guruhi «Mehr operatsiyasi — 4» doirasida yurtimizga olib kelindi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB

Afg‘onistonning hamkor tashkilotlari ko‘magida olib kelingan 24 nafar ana shunday shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan «Ayritom» chegara posti orqali kutib olindi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi «Davolash va sog‘lomlashtirish» markazi binosiga joylashtirildi.

Mazkur «Davolash va sog‘lomlashtirish» markazi barcha shart sharoitlarga ega bo‘lib, shay holga keltirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring