Sakkiz gol kiritilgan supero‘yinda Ispaniya g‘alabaga erishdi
Xorvatiya va Ispaniya Yevro-2020ning eng yorqin o‘yinlaridan birini namoyish qilib berishdi.
Gollarga boy, hujumkor va ochiq kechgan uchrashuvda jami 8 gol kiritildi.
Dastlab ispanlar darvozaboni qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, avtogolga sababchi bo‘ldi va Xorvatiya hisobda oldinga o‘tib oldi.
So‘ng Enrike shogirdlari hujumni kuchaytirishdi va ketma-ket 3 ta gol urishdi.
Shu bilan xorvatlar taslim bo‘ladigandek tuyulgan bir vaqtda, ular jangchilardek oldinga tashlanishdi va ikki gol kiritib, hisobni tenglashtirib qo‘yishdi. Uchinchi gol so‘nggi daqiqalarda kiritilgani uchun ruhiy ustunlik xorvatlar tarafiga o‘tib ketishi kerakdek edi.
Ammo qo‘shib berilgan taymlarning birinchisida ispanlar yorqin o‘yin ko‘rsatib yuborishdi. 15 daqiqalikda ikkita gol urishdi ular.
Xorvatlar taslim bo‘ladigan xarakterda emas va ular overtaymning ikkinchisida hujumga zo‘r berishdi, ammo so‘nggi zarbalarda aniqlik yetishmadi.
Turnirning super o‘yini shu tarzda ispanlar foydasiga hal bo‘ldi. Ularga chorakfinal bosqichida fransuzlar raqib bo‘lishi mumkin.
Xorvatiya – Ispaniya 3:5
Gollar: 1:0 – 20, Pedri (avtogol), 1:1 – 38 Sarabiya, 1:2 – 57 Aspilikueta, 1:3 – 76 Ferran Torres, 2:3 – 85 Orshich, 3:3 – 90 Pashalich, 3:4 – 100 Morata, 3:5 – 103 Oyarsabal.
Xorvatiya – Livakovich, Chaleta-Sar, Gvardiol, Yuranovich (Brekalo, 74), Vida, Kovachich (Budimir, 79), Modrich (Ivanushets, 114), Vlashich (Pashalich, 79), Brozovich, Rebich (Orshich, 67), Petkovich (Kramarich, 46).
Ispaniya – Unai Simon, Gayya (Alba, 78), Aspilikueta, Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 72), Sarabiya (Olmo, 72), Koke (Fabian Ruis, 78), Pedri, Buskets (Rodri, 102), Ferran Torres (Oyarsabal, 88), Morata.
Ogohlantirish: Brozovich (73), Chaleta-Sar (83).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter