JCh-2018. Xorvatiya Argentinaga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi
Jahon chempionatining navbatdagi uchrashuvida Xorvatiya juda chiroyli g‘alabaga erishdi. Argentina yanchib tashlandi.
Mundialdan avval musobaqa favoritlari qatorida sanalgan Argentina aslida musobaqaga umuman tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. Saralash bosqichidayoq oqsab qolgan argentinaliklarni Sampaoli final bosqichigacha ham tayyorlay olmadi. Buni jamoaning ikki turda o‘yinni ikki sxemada o‘tkazganidan ham bilish mumkin. Murabbiy qo‘lida mukammal o‘yin sxemasi hali shakllanmagan. Bunday tayyorgarliksiz esa mundialdan sharmandalarcha chiqib ketish jamoa boshiga tushadi, odatda. Yulduzli Argentinani shu qismat kutmoqda.
Xorvatlar esa mundialda mukammal o‘yin ko‘rsatishmoqda. Birinchi turdagi ishonchli g‘alabaga ikkinchi turda undan-da chiroyli muvaffaqiyat qo‘shildi.
Ushbu keskin bahsni Ravshan Ermatov brigadasi ajoyib tarzda boshqarganini ta’kidlash lozim. O‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilagan o‘zbekistonlik referi shu darajasini saqlab qolsa, mundialda ancha uzoqqa boradi.
«D» guruhi. 2-tur.
Argentina – Xorvatiya 0:3
Gollar: 0:1 – 53 Rebich, 0:2 – 80 Modrich, 0:3 – 90 Rakitich.
Argentina – Kabalero, Merkado, Otamendi, Talyafiko, Salvio (Pavon, 56), Peres (Dibala, 68), Maskerano, Akunya, Messi, Mesa, Aguero (Iguain, 54).
Xorvatiya – Subashich, Vrsalko, Lovren, Vida, Strinich, Brozovich, Rebich (Kramarich, 57), Modrich, Rakitich, Perishich (Kovachich, 82), Mandjukich (Chorluka, 90).
Ogohlantirishlar: Rebich (39), Merkado (51), Mandjukich (58), Vrsalko (67), Otamendi (85), Akunya (87), Chorluka (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter