Olimlar «JCh – 2018» g‘olibini bashorat qilishdi

Germaniya va Belgiya universitetlari olimlari bugun Rossiyada boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida qaysi davlat terma jamoasi g‘olib bo‘lishini bashorat qilishdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«Arxiv» sayti ma’lumotlariga ko‘ra, matematik hisob-kitoblarga tayanib, nomzodlar orasida Ispaniya (17,8 foiz), Germaniya (17,1 foiz) va Braziliya (12,3 foiz) g‘alaba qozonishi bashorat qilingan.
Olimlar «Random forest» algoritmi bilan tartiblash usulini birlashtirishdi. Hisob-kitoblar davomida voqealar rivoji uchun 100 ming xil imkoniyat varianti tahlil qilindi.
Ishtirokchi terma jamoalarni o‘rganishda ular vatanining YaIM, aholisi, milliy terma jamoalarning reytingi, futbolchilarning o‘rtacha yoshi va boshqalar e’tiborga olindi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi jahon chempionati Rossiyada 14 iyun – 15 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter