JCh-2022. AQSh g‘alabani ushlab qola olmadi
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining V guruhida AQSh va Uels terma jamoalari bahs olib borishdi.
Birinchi bo‘limda Liberiya futboli afsonasi va hozirda mamlakat prezidenti Jorj Veaning o‘g‘li, AQSh terma jamoasi hujumida to‘p surayotgan Timoti Vea hisobni ochdi.
Biroq AQSh bu ustunligini o‘yin oxirigacha saqlab qola olmadi.
Ikkinchi bo‘limning oxirlarida Garet Beyl o‘zi ishlagan penaltini golga aylantirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
AQSh — Uels 1:1
Gollar: Vea (36) — Beyl (82, penalti).
AQSh – Terner, Dest (Yedlin, 74), Rim, Simmerman, Robinson, Adams, Makkenni (Aaronson, 66), Musa (Akosta, 75), Pulishich, Vea (Morris, 88), Sarjent (Rayt, 74).
Uels – Hennessi, Roberts, Devis, Rodon, Mifem, Uilyams (Jonson, 79), Ampadu (Morrell, 90+5), Remzi, Uilson (Tomas, 90+3), Beyl, Jeyms (Mur, 46).
Ogohlantirishlar: Dest (11), Makkenni (13), Beyl (40), Mifem (45), Rim (51), Akosta (90+10).
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhning birinchi o‘yinida Angliya Eronni yirik hisobda mag‘lub etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter