JCh-2018. Xorvatiya chempionatni ishonchli boshladi (video)
Jahon chempionati «D» guruhining ikkinchi juftlik o‘yinida Xorvatiya terma jamoasi Nigeriyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 32-daqiqada hisob ochildi. Nigeriya futbolchisi Etebo o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida esa Modrich penaltidan ikkinchi golni urib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Xorvatiya – Nigeriya 2:0
Gollar: 1:0 – 32, avtogol Etebo, 2:0 – 71, penalti Modrich.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich, Vrsalko, Vida, Rakitich, Modrich, Perishich, Rebich (Kovachich, 78), Kramarich (Brozovich, 60), Mandjukich (Pyasa, 86).
Nigeriya – Uzoxo, Trost-Ekong, Shexu, Idovu, Balogun, Ndidi, Etebo, Obi Mikel (Nvankvo, 88), Mozes, Ivobi (Musa, 62), Igalo (Ixeanacho, 73).
Ogohlantirishlar: Rakitich (30), Trost-Ekong (70), Brozovich (89).
Eslatib o‘tamiz, guruhning birinchi juftlik o‘yinida Argentina hamda Islandiya o‘rtasidagi o‘yin durang bilan yakunlangan edi. Keyingi turda xorvatlar Argentina bilan o‘ynaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter