JCh-2018. Shakiri Shveysariyaga irodali g‘alaba taqdim etdi
Jahon chempionatining «E» guruhida Serbiya va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv debyutida Serbiya terma jamoasi hujumchisi Mitrovich qanotdan oshirilgan to‘pni Yan Zommer darvozasiga joylab qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda shveysariyaliklar bosimni kuchaytirdi va Granit Jaka uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti so‘nggi daqiqasida Shakiri maydon markazidan himoyachilardan qochib ketib, Serbiya darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga muhim uch ochko keltirdi.
«E» guruhi, 2-tur
Serbiya – Shveysariya 1:2
Gollar: A.Mitrovich 5 – G.Jaka 52, J.Shakiri 90
Serbiya: 1.Vladimir Stoykovich, 3.Dushko Toshich, 6.Branislav Ivanovich, 11.Aleksandr Kolarov, 15.Nikola Milenkovich, 10.Dushan Tadich, 4.Luka Milivoyevich (18.Nemanya Radonich, 81), 20.Sergey Milinkovich-Savich, 21.Nemanya Matich, 17.Filipp Kostich (22.Adam Lyayich, 64), 9.Aleksandr Mitrovich.
Shveysariya: 1.Yan Zommer, 2.Stefan Lixtshtayner, 5.Manuel Akanji, 13.Rikardo Rodriges, 22.Fabian Shar, 10.Granit Jaka, 11.Valon Bexrami, 14.Stiven Suber (19.Yosip Drmich, 90), 15.Blerim Jemaili (7.Brel Embolo, 73), 23.Jerdan Shakiri, 9.Xaris Seferovich (18.Mario Gavranovich, 46).
Ogohlantirishlar: S.Milinkovich-Savich 33, L.Milivoyevich 39, N.Matich 45+2, A.Mitrovich 88 – J.Shakiri 90
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter